Andijon tumanida joylashgan mahallalardan birining transformatorida yong‘in chiqdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 20-yanvar kuni soat 08:53 da Andijon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Sultonobod” MFY hududida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:01 da yetib borgan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan transformator elektr tarmog‘idan uzilgandan so‘ng yong‘in soat 09:10 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi kafelardan birida yong‘in sodir bo‘lgani, Toshkendagi Jomiy bozori yaqinidagi omborxonada yong‘in chiqqani, Marg‘ilondagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir fuqaro halok bo‘lgani, Namangandagi chevarxonada yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.