Rossiya Ukrainaga nisbatan bosqinchilik harakatini amalga oshirsa, mamlakatni “falokatli oqibatlar” kutmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden matbuot anjumani davomida ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda Ukrainaga bostirib kirilsa, Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin “hali hech qachon ko‘rmagan sanksiyalarni” joriy etishga va’da bergan. Xususan, AQSh prezidenti Rossiya o‘zining harbiy harakatlari oqibatida “qattiq iqtisodiy oqibatlar”ga duchor bo‘ladi, uning banklari esa dollarlar bilan operatsiyalarni amalga oshira olmay qoladi.

Baydenning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Ukrainaga nisbatan harbiy ustunlikka ega va qurolli mojaroda mamlakat g‘alaba qozonadi, biroq kelajakda — “yaqin, o‘rta va qisqa muddatli istiqbolda” yo‘qotishlar ham bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, AQSh va uning ittifoqchilarini saksiyalari ko‘lami Moskva tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarga bog‘liq.

AQSh prezidentining hisoblashicha, Rossiya hukumati hozircha Ukarinaga nisbatan harakatlar borasida yakuniy qaror qabul qilmagan. Ammo u Putin “nimadir qilishi kerakligiga” ishonchi komilligini qayd etgan. Bayden Rossiya G‘arb bilan keng ko‘lamli urushlarni xohlamasligiga ishonshini ta’kidlagan.

AQSh prezidenti Qo‘shma Shtatlar va Yevropa mamlakatlari Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar oqibatida zarar ko‘rishini tan olgan, biroq uning aytishicha, Moskva bundan ko‘proq jabr ko‘radi.

Vashington bir necha bor AQSh va ittifoqchilari Ukraina atrofida vaziyat keskinlashgan taqdirda, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyorligini bildirgan. Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda, Vashington unga qarshi ilgari e’lon qilingan sanksiyalarning birortasini, jumladan, SWIFT banklararo mablag‘ o‘tkazish tizimidan uzib qo‘yish variantini ham istisno qilmasligini aytgan.