Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Shahlo Zoirova qorli manzarada tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Maryam Tillayeva 19-yanvar kuni 23 yoshni qarshi oldi. U tug‘ilgan kunini Meksikaning Tulum kurort shahrida nishonladi.

Aktrisa Shahzoda Matchonova qizalog‘i Raniyani ilk marta muxlislariga ko‘rsatdi. Uning aytishicha, qizcha xuddi onasi kabi gullarni yaxshi ko‘radi.

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova va Vohidjon Isoqov sport zalida uchrashib qoldi.

Turk aktyori Engin Akyurek folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

“Turon” harbiy teatri rahbari Sayfiddin Meliyev o‘z tug‘ilgan kunini hamkasblari davrasida nishonladi.

Dilso‘z turmush o‘rtog‘i va farzandlarini olib, tog‘ga hordiq chiqarish uchun jo‘nab ketdi.

Foto: Instagram

Xonanda Imron ijodi davomida eng ko‘p pul sarflangan klip — turkiyalik xonanda Dilan Tatlisas bila kuylagan duetiga ishlangan klip ekanligini ma’lum qildi.

Italiyada yashayotgan sobiq xonanda Indi sahifasiga o‘g‘li Matteo bilan tushgan suratini joylashtirdi.

Foto: Instagram

Shohruhxon va Asal Shodiyeva ikkinchi o‘g‘lini olib, Istanbuldan Toshkentga qaytdi. Juftlik farzandiga Baxtiyor deb ism qo‘ygan.

Aktrisa Dilnoza Kubayeva karantin tufayli hamma qatori ortiqcha vazn to‘plagani, uni esa sport yordamida bartaraf etganini so‘zlab berdi.