O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 21-yanvardan 28-yanvargacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Shu munosabat bilan markaz fuqarolarni ogohlantirgan:

“Tog‘li hududlarda istoqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”.