Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Shahzoda Matchonova uyidagi bayram archasini olib tashlashga sira qo‘li bormayotgani haqida yozdi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ishtirok etgan tug‘ilgan kun videosi tarqalmoqda.

Aziz Umrzoqov farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Parizoda ansamblidagi raqqosalardan birining tug‘ilgan kunida ajoyib syurpriz tayyorladi.

“Muhtasham yuz yil” turk seriali yulduzi — Pelin Karaxan turmush o‘rtog‘i bilan Fransiya poytaxti Parij shahrida sayohat qilmoqda.

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova “Muhabbat” qo‘shig‘ini maromiga yetkazib ijro etgan olis qishloqlardan birida yashovchi yosh muxlislari bilan uchrashdi.

“Hayot o‘zgarishini kutib, yillar o‘tkazdim, keyin bildimki, hayot mening o‘zgarishimni kutgan ekan”, deb yozdi Yulduz Rajabova.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva Tashkent City’dagi hashamatli xonadonida yashay olmayotgani uchun uni sotayotganini bildirdi. Xonandaning aytishicha, muxlislari uning uy manzilini bilib olib, tez-tez uni bezovta qila boshlagan.

Gulsanam Mamazoitova opasi bilan Dubayda tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Malika Ravshanova turmush o‘rtog‘ining u uchun tayyorlagan kutilmagan sovg‘asi haqida folloverlariga so‘zlab berdi. Xonandaning turmush o‘rtog‘i ko‘chada uning uchun kuy chaldirib, jonli qo‘shiq kuylattirgan.

Dilshodbek Kattabekovning yuzlari ko‘kargan holda shifoxonada yotgani aks etgan suratlari tarqaldi.

Foto: Instagram

Aktyor soppa-sog‘ ekanligi, bu suratlar yangi filmning suratga olish jarayonidan ekanligini ma’lum qildi.

Feruza Normatova ayni kunlarda turli qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan kuzatuvchilariga o‘zining motivatsion hikoyasini so‘zlab berdi hamda hammasi yaxshi bo‘lishini ta’kidladi.