Farg‘ona shahridagi Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in chiqdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahar “Furqat” MFY, Bozorboshi ko‘chasida joylashgan savdo do‘konidagi yong‘in 23-yanvar kuni soat 01:08 da yuz bergan va tegishli kuch vositalari yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi hamda FVB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.