Umarbek Xalilov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Nigoh” kanali xabar qildi.

Foto: “Nigoh”

Qayd etilishicha, u O‘zbekiston prezidenti devonida ishlagan, xususan, davlat maslahatchisi O.Murodovning xizmatida bosh inspektor bo‘lgan. 2017-yilda Navoiy shahri hokimi etib tayinlangan. 2018-yil may oyida Agroinspeksiya boshlig‘i vazifasida ish boshlagan.

Umarbek Xalilov tayinlovgacha Navoiy viloyati Nurota tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan.