Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Sitora Farmonova Ozod Xurramov bilan yangi rejalar tuzmoqda.

Foto: Instagram

Shohruhxon ikkinchi o‘g‘li Baxtiyor bilan Toshkentga qaytishganida yaqinlari ularni qay tarzda kutib olgani haqidagi videoni sahifasiga joyladi.

Dilso‘zning o‘g‘li Muhammadsaloh hayotidagi muhim kunni boshdan kechirdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Tun” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.

Sevara Soliyeva o‘g‘li Muhammad bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Feruza Normatova uyini ta’mirlab, unga tinchlik bermayotgan qo‘shnilaridan shikoyat qildi.

Xonanda Hulkar Abdullayeva Turkiyada hordiq chiqarmoqda.

Foto: Instagram

Xonanda Zohid rafiqasi Kamola bilan yarashib olgan ko‘rinadi. Ular birgalikda Istanbul shahriga uchib ketdi.

Foto: Instagram

Zohirshoh Jo‘rayevga Samarqandda otasining surati tushirilgan qahva tayyorlab berishdi. Xonanda bunday qahvani ichishga qo‘rqishini aytdi.

Rayhon Ulasenova “Agar xayollaringiz qanday kuchga ega ekanligini bilganingizda edi, hech qachon yomon xayollarga bormagan bo‘lardingiz”, — deb yozmoqda.

Foto: Instagram

Munisa Rizayevaga Instagram orqali “Ikkinchi xotin bo‘lishga rozi bo‘lasizmi?” mazmunidagi savolni berishdi. Xonanda hech qachon ikkinchi yoki uchinchi xotin bo‘lishga ko‘nmasligini ma’lum qildi.

Shuningdek, xonanda shu kungacha erishgan yutuqlari o‘z mehnatlari evaziga ekanligi, badavlat otasi hech qachon unga yordam bermagani haqida ham gapirdi.