Helvetas Swiss Intercooperation’ning O‘zbekistondagi filiali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Foto: Adliya vazirligi

Qayd etilishicha, tashkilotning asosiy maqsadi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami sharoitlari va turmush sifatini yaxshilashga ko‘maklashish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, davlat organlari va muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar ta’limi tizimini takomillashtirish va innovatsiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shish va boshqalardan iborat.

Tashkilot ta’lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini 2021—2025-yillar davomida amalga oshirishni rejalashtirilgan. Loyiha budjeti 4,8 million frankni tashkil etadi.