O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Xitoyning pandalarni saqlash va tadqiqot markazi 2021-yilda tug‘ilgan pandachalarni ommaga namoyish etdi.
Foto: Getty Images
Toshkentning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘p qavatli bino ichidagi bog‘ning qishki holati.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Istanbulda kuchli qor yog‘di. Buning ortidan shahar aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Foto: Getty Images
Toshkent metrosining Yunusobod yo‘lidan Chilonzor yo‘liga o‘tish yo‘lagini tozalayotgan xodima.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Belgiyada 239 kishi koronavirus cheklovlariga qarshi tartibsizliklar uyushtirgani uchun hibsga olindi.
Foto: Getty Images
“Amir Temur” metro bekatida telefondan foydalanayotgan yo‘lovchi.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Mavzuga doir: “Chilonzor” metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda — Toshkent metropoliteni
Repper Kanye Uest va aktrisa Juliya Foks Parijdagi moda haftaligidagi Schiaparelli shousiga tashrif buyurdi.
Foto: Getty Images
Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanalida baliq ovi bilan shug‘ullanayotgan odamlar.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Mavzuga doir: O‘zbekistonda xonadonlarda baliq yetishtirish uchun ajratiladigan kredit 2 baravarga oshiriladi
Angliyadagi Chessington World of Adventures Resort’da hayvonlarning an’anaviy ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari bo‘lib o‘tdi.
Foto: “TASS”
Sankt-Peterburgda Garri Potter mavzusidagi “Xogvarts ekspress” poyezdida sayohatga chiqqan pottermenlar. Sayohat, taxminan, 2 soat davom etadi, libosdagi aktyorlar rollar ijro etadi va muxlislar bilan suratga tushadi.
Foto: Getty Images
Mavzuga doir: “Garri Potter” 20 yildan keyin: franshizaning maxsus epizodi — “Hogvartsga qaytish”ning premyerasi bo‘lib o‘tdi (video)
Osloda bo‘lib o‘tgan xalqaro maxsus vakillar va “Tolibon” yig‘ilishidagi delegat Xeda Xamush yaqinda Afg‘onistonda hibsga olingan ayol huquqlari faollarining suratlarini ko‘tarib turibdi.
Foto: EPA
Vashingtonda namoyishchilar Linkoln yodgorligi yonida to‘planib, vaksina pasportiga qarshi chiqmoqda.
Foto: Getty Images
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Surxondaryoda ochilgan boychechak, datchik o‘rnatilgan toshbaqa, kulga botgan avtomobil. 21-yanvar suratlari
- Yerni samolyotda aylanib chiqqan qiz, bunkerdagi ukrain askari, vaksina kutayotgan bolalar. 20-yanvar suratlari
- Sovuq suvda cho‘milgan pravoslavlar, Madagaskardagi halokatli yomg‘ir, eng baland nuqtadagi reklama. 19-yanvar suratlari
- Yaponiyadagi mitti “qor parisi”, Turkiyadagi tuyalar jangi, dunyodagi eng katta qor labirint. 18-yanvar suratlari
- Mamlakatini Rossiyadan himoya qilish uchun qaytgan sobiq prezident, Boliviyada e’lon qilingan salib yurishi, harbiylarga qarshi chiqqan odamlar. 17-yanvar suratlari
- Eshikdan mo‘ralayotgan lo‘lilar, pravoslavlar nishonlagan eski Yangi yil, havodagi burgutlar olishuvi. 14-yanvar suratlari
- O‘zbekistonda boshlangan sumalak mavsumi, ochlikka qarshi kampaniya, ta’mirtalab sirk. Hafta suratlari