Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tez orada Xitoyga ishchi tashrif bilan borishini inobatga olgan holda masofadan ishlash tartibiga o‘tdi. U mazkur tartibga qaramay to‘liq ish jadvaliga rioya qiladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati xabar bergan.

Foto: Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati

Xabarga ko‘ra, Japarovning masofadan ishlashga o‘tishi butun dunyoda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning og‘irlashayotgani tufayli ehtiyotkorlik chorasi.

Sadir Japarov 3—5-fevral kunlari Xitoyga boradi. U Pekinda o‘tadigan Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi, shuningdek Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama aloqalar yuzasidan muzokaralar olib boradi, deyiladi matbuot xizmatining xabarida.

Sadir Japarov 10-yanvarda qisqa muddatli ta’tilga chiqqan, 17-yanvarda uning ta’tili yakuniga yetgandi.