Surxondaryo viloyati Termiz shahrida Nexia yo‘ldan o‘tayotgan ayolni urib yubordi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB.

Foto: Surxondaryo IIB

Qayd etilishicha, 2022-yil 7-yanvar kuni kunduzgi vaqtda Termiz shahrining “Bog‘ishamol” mahallasi hududida Nexia haydovchisi avtomobilida harakatlanib ketayotib, yo‘lni o‘ngdan chapga kesib o‘tayotgan piyodani urib yuboradi.

Oqibatda shu mahallada yashovchi o‘rta yoshli N.B. ismli ayol hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olib, kasalxonaga tushadi.

Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.