Markaziy bank tomonidan edutainment formatida moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha musiqiy asar yaratildi. Bu haqda Markaziy bankning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Videoklip Markaziy bankning “Moliyaviy savodxonlikni oshirish” loyihasi bo‘yicha Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorligi doirasida ishlab chiqildi. 

Qo‘shiqni xonanda Yorqinxo‘ja Umarov ijro etgan.

“Moliyaviy xatolar” nomli ushbu qo‘shiq va videoklip aholini moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha madaniyatini oshirish maqasadida tayyorlangan.

Qo‘shiq so‘zlari va videoklip sujeti orqali aholidan shaxsiy moliyaviy ma’lumotlarni saqlash, plastik karta raqamlarini jamoat joylarida oshkor etmaslik so‘ralgan. 

Ko‘tarilgan asosiy masalalardan biri, o‘zini bank hodimi deya tanishtirib, shaxsiy kartaga hujum bo‘layotgani sababli telefonga yuborilgan sms-kodni so‘rovchi firibgarlardan ogoh bo‘lishdir.

Ushbu videoklip hayotiy voqealarga asoslangan bo‘lib shubhali moliyaviy operatsiyalardan xushyor bo‘lishga undaydi.