Gollivud yulduzlari orasidan bir nechta ayollar ham jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

Ariana Grande 

Foto: Pinterest

2019-yil aprel oyida Ariana Grande Selena Gomesni ortda qoldirib, Instagram’da eng ko‘p kuzatuvchiga ega yulduzga aylandi. Qolaversa, bu qo‘shiqchi tomonidan o‘rnatilgan yagona rekord emas. Aynan 2019-yilning o‘zida Grande The Beatles rekordini ham yangilagan. U so‘nggi 55 yil ichida buni uddalagan birinchi xonanda bo‘ldi. Gap shundaki, uning uchta taronasi birdaniga Billboard jurnaliga ko‘ra haftaning eng mashhur 100 ta qo‘shig‘i reytingiga kiritilgan. Aytgancha, Ariana turli xil kompozitsiyalarning muvaffaqiyati tufayli jami 20 ga yaqin rekord natijaga ega.

Beyonse

Foto: “Spletnik.ru”

Beyonse Ginnesning rekordlar kitobiga 2010-yilda turmush o‘rtog‘i reper Jay-Z bilan kirgan. Yulduzlar eng ko‘p maosh oluvchi juftlik unvoniga sazovor bo‘lgan – o‘sha paytda ular taxminan 122 million dollar ishlab topgan. Bundan tashqari, Beyonse “Gremmi” mukofotlari soni bo‘yicha jahon rekordlari egasidir. U rekord darajada 79 nominatsiyaga ega, shulardan 28 tasida g‘alaba qozongan.

Teylor Svift 

Foto: Pinterest

Teylor Svift ikkita jahon rekordini o‘rnatdi. Xonandaning “Speak now” albomi dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan albomga aylandi va 31 hafta davomida Billboard’s Artist 100 ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi, taxminan 280 000 nusxada sotildi. Svift Ginnesning rekordlar kitobiga eng ko‘p treklar va musiqa mukofotlariga ega bo‘lgan qo‘shiqchi sifatida kirdi.

Jennifer Lourens 

Foto: Pinterest

2016-yilda Jennifer Lourens Ginnesning rekordlar kitobiga eng ko‘p daromad keltiruvchi aktrisa sifatida kirdi. U “Hayot-mamot o‘yinlari” va “G‘aroyib odamlar” filmlar muvaffaqiyatidan keyin bu unvonga sazovor bo‘ldi. Aytgancha, Kitniss Everdin roli kartina prodyuserlariga 1,52 milliard dollar daromad keltirgan.