Bahorning boshlanishi, ayniqsa, go‘zallik sohasida yangilanish va o‘zgarishlarga yordam beradi. Ko‘rinishni minimal kuch bilan yangilaydigan yangi soch turmagidan boshlash eng oson. Quyida barchaga manzur keluvchi bir-biridan ajoyib soch turmaklarini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Marie Claire

Ushbu soch tumagi hamisha urfda. Ko‘rinishidan biroz betartibdek tuyilsa-da, aslida obrazni mukammal to‘ldiradi. Sochlarning katta hajmda jingalak qilish va ularga biroz hajm berish kundalik ish, o‘qish yoki uchrashuvga ham mos keladi.

Foto: Marie Claire

Yoshlarbop quvnoq soch turmagi. Sochni ikki chakkadan o‘rib qo‘yish va uchini ham bo‘shligicha qoldirish ko‘proq yosh qizlarga mos keladi. Shuningdek, obrazga biroz yengillik hamda bahoriy kayfiyat bag‘ishlaydi.

Foto: Marie Claire

Sochlarning pastka va silliq qilib turmaklash yangi mavsumda trendda. Ushbu ko‘rinish biroz rasmiy bo‘lsa-da, ammo qulay va chiroyli. Ayniqsa, ushbu turmakni kechki uchrashuvlar uchun qo‘llash mumkin.

Foto: Marie Claire

Tekis yoki tabiiy jingalak sochlar ham hamisha ayollarning sevimli tanlovi bo‘lgan. Ushbu turmak bilan istalgan joyga istalgan vaqtda tashrif buyurish mumkin. Tabiiylik hech qachon urfdan qolmaydi.

Foto: Marie Claire

Boshning ikki chet qismiga katta va hashamdor bezakli qistirg‘ich taqish ham yoshlar orasida ommalashdi. Odatda bunday soch turmagi klassika va zamonaviylikning kombinatsiyasiga o‘xshaydi.

Foto: Marie Claire

Shuningdek, yangi mavsumda o‘z obraziga yanglik kiritishni istaydigan ayollar uchun muammo yo‘q. Masalan, sochni biroz qisqartirib, jingalak qilish yoki tekis soch egalari uchun shunchaki cho‘lka kesish kifoya qiladi.