Kim Kardashyan Kanye Uestning ulushini 23 million dollarga sotib olgach, u 7 yil birga yashagan saroyning yagona egasiga aylandi. Shou-biznes yulduzi Vogue nashri uchun uchun Hidden Hillsdagi koshonasiga sayohat uyushtirdi, deb yozadi People Talk.

Foto: Pinterest

Birinchidan, uyning interyer dizayni minimalizmning eng yaxshi an’analariga ko‘ra yaratilgan: oq rangdagi devor va mebellar, yorug‘lik va keng hudud. “Mening uyimdagi hamma narsa haqiqatan ham minimalistik ruhda. Dunyo shu qadar betartibliklarga to‘lganki, uyga qaytganimda juda sokin va osoyishta bo‘lishini xohlayman”, — deydi Kardashyan.

Foto: People Talk

Lekin u bolalari bilan o‘zlarining yotoqxonalarini xohlagancha jihozlashlari mumkinligi haqida kelishuvga ega ekanligini aytib o‘tdi, ammo asosiy xonalarda hamma narsa avvalgidek qoladi.

Foto: People Talk

Uyda kamin, marmar oshxona, uy kinoteatri va hatto pianino ham mavjud. Uyning hovli qismida esa Kardashyan farzandlari uchun sport maydonchasini tashkil qilgan – u yerda katta basketbol maydoni ham bor: “Bu bolalar uchun eng ajoyib joy”, – deydi u.

Foto: People Talk

Shuningdek, Kim uyining rangiga mos ravishda kulrang rangga bo‘yalgan avtomobillar kolleksiyasini ham namoyish etdi. Kardashyan uchta asosiy mashina – Lamborghini, Rolls-Royce va Maybach’ini ko‘rsatdi. “Bu uydagi eng qimmatbaho narsalar”, – deb qo‘shimcha qildi u.

Foto: People Talk

Kim Kardashyan sobiq turmush o‘rtog‘i Kanyedan uyning bir qismini sotib olganidan so‘ng reper yana Kimning saroyi oldidan 4,5 million dollarga uy xarid qilgan.