Yaponiyaning eng yirik temiryo‘l kompaniyasi kelgusi oyda birinchi vodorod yonilg‘i poyezdini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: JR East

Ikki vagonli Hybari poyezdini ishlab chiqish uchun taxminan 35 mln dollar sarflangan. Poyezd vodorodni bir marta to‘ldirishda 100 km/soat maksimal tezlikda 140 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. 

Yaponiya hukumati 2050-yilga kelib vodoroddan foydalanish hajmini 20 million tonnaga oshirishni maqsad qilgan. Bir nechta energetika kompaniyalari vodorodning narxini pasaytirish uchun yetkazib berish zanjirlarini qurishga harakat qilmoqda.

Germaniya 2018-yilda Alstom SA tomonidan qurilgan dunyodagi birinchi vodorod poyezdini ishga tushirgan edi. 

Siemens AG va Deutsche Bahn AG yangi mintaqaviy poyezdlar va maxsus yonilg‘i quyish shoxobchalarini ishlab chiqmoqda va ularni 2024-yilda sinovdan o‘tkazadi.

Avvalroq 2017-yilda Alstom dunyodagi birinchi vodorod poyezdini sinovdan o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.