Xonanda Britni Spirs o‘z xotiralarida ota-onasi qaramog‘ida o‘tkazgan yillar haqida hikoya qiladi. Xonanda allaqachon Simon & Schuster bilan 15 million dollarlik shartnoma imzolagan.

Foto: Pinterest

Lekin Spirs ham, uning vakillari ham, nashriyot ham hozircha batafsil ma’lumot bergani yo‘q, ammo kitob Britni oilasiga bag‘ishlanishi ma’lum. 2021-yil oxirida xonanda bir necha bor ijtimoiy tarmoqlar orqali oilasiga murojaat qilib, adolat talab qilgan edi.

Jeymi Spirs 2021-yil sentabr oyida qizining vasiyligidan voz kechganiga qaramay, ular muntazam ravishda sudda uchrashishda davom etmoqda. Pop malikasining otasi undan qonuniy va biznes xarajatlarini to‘lashda davom etishini talab qildi. Britnining da’vo qilishicha, u otasining vasiyligida bo‘lgan barcha yillar davomida (deyarli 13 yil), otasi moliyaviy huquqbuzarliklarni sodir etib, uning pullarini yolg‘iz o‘zi tasarruf qilgan, shuning uchun u har qanday to‘lovlarni qat’iyan rad etadi. Sudning keyingi yig‘ilishi 2022-yil iyul oyiga rejalashtirilgan, shuning uchun ham bu ish uzoq vaqt davomida yopilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Britni Spirs  2008-yildan beri, birinchi marta asabiy tushkunlikdan keyin psixiatriya klinikasiga joylashtirilgan va 13 yil davomida otasining qaramog‘ida bo‘lgan. Estrada malikasi hayotining barcha jabhalari — moliyadan tortib shaxsiy hayotigacha Jeymining nazorati ostida edi. Bundan tashqari, u qizining ishi bilan shug‘ullangani uchun oyiga 16 ming dollar nafaqa ham olgan. Britni 2021-yil sentabrida ozod bo‘ldi va shundan so‘ng faol hayotga qaytdi: u qaylig‘i Sem Asgari bilan nikoh to‘yini, filmlar suratga olishni va yangi albom yozishni rejalashtirmoqda.