Faqat omadli ayollargina haftada bir necha marta sochlarni yuvishga muvaffaq bo‘ladi. Ko‘pchilik buni deyarli har kuni amalga oshiradi. Afsuski, buning  sababi bosh terisining yog‘lanishini oshiradigan odatlarda.

Foto: “Domashniy ochag”

Sochlarga tez-tez tegish

Qo‘llar bilan doim ham yuzga teginavermaslik hammaga ma’lum, chunki turli xil infeksiyalar yuz terisida turli xil toshma va husnbuzarlar toshishiga olib keladi. Xuddi shu qoida sochlar uchun ham amal qiladi. Agar doimo sochlarni qo‘l bilan to‘g‘rilab turilsa, epiteliy zarralari va yog‘ bezlarining sekretsiyasi tufayli sochlar darhol yog‘lanadi.

Ko‘p yuvish

Afsuski, sochni har kuni yuvish faqat yog‘ sekretsiyasi jarayonini tezlashtiradi. Gap shundaki, shampun bosh terisidan tabiiy yog‘ni yuvadi va yog‘ bezlari uning yetishmasligini qoplash uchun tezroq ishlay boshlaydi.

Soch konditsioneridan foydalanish

Soch konditsioneridan foydalanish nafaqat mumkin, balki zarurdir, ammo kichik ogohlantirish bilan: Soch turiga qarab to‘g‘ri mahsulotni tanlash va uni hech qachon ildizlarga surmaslik tavsiya etiladi.

Socha tarog‘ining toza emasligi

Soch tarog‘i qanchalik tez-tez tozalanishi va yuvilishi kerak? Buni muntazam ravishda qilish kerak, chunki nafaqat tushgan sochlar tishlariga, balki kosmetika qoldiqlari va epiteliya zarralari ham tushadi. Bularning barchasi chang va kir bilan aralashtiriladi, so‘ngra tarash paytida toza sochlarga tushadi.

Soch turmaklash mahsulotlari

Sochni turmaklash juda oson. Ammo esda tutish kerakki, ba’zi kosmetik vositalar bosh terisi teshiklarini yopishi va sochlarga joylashishi mumkin. Shunday qilib, lak shunchalik yopishadiki, uni butunlay olib tashlash uchun 2-4 marta yuvish kerak bo‘ladi.

Kosmetikani noto‘g‘ri tanlash

Agar soch juda tez kirlansa, zaxirani ko‘rib chiqish vaqti keldi, balki mos kelmagan kosmetikadan foydalanganlik bo‘lishi mumkin. Yog‘lanish kuchaysa, yengil formulali soch mahsulotlarini tanlash hamda “jilo beruvchi” va “namlovchi” so‘zlarini o‘z ichiga olgan vositalardan saqlanish lozim.