Bahor faslida ayollar ko‘pincha o‘z obraziga yangiliklar kiritadi. O‘zgarishni esa shubhasiz sochdan boshlashadi.

Foto: Pinterest

Nihoyat, bosh kiyimlarni yechib, sochlar haqida o‘ylash mumkin, chunki ob-havo isib bormoqda. Odatdagidek, tekis soch egalari ularni darhol jingalak qilishni xohlashadi, va tabiatan jingalak soch bo‘lganlar uni tekislashni yoqtiradi.

Termal cho‘tka

Foto: Pinterest

Sochingizni tartibga solishning eng qulay va tezkor usuli – bu termal cho‘tka. Uni oddiy taroq kabi tarash kifoya, shunda sochlar silliq va chiroyli bo‘ladi. Aytgancha, u massaj effekti tufayli soch o‘sishiga ham ajoyib ta’sir ko‘rsatadi.

Fen

Foto: Pinterest

Quruq va siyrak soch egalari bo‘lsa, unda kam quvvatli va sovuq havo bilan ta’minlash qobiliyatiga ega fenni tanlash yaxshidir. Ko‘pgina fenlar massaj cho‘tkasi bilan birga keladi, bu esa hajm yaratishga imkon beradi.

Stayler

Foto: Pinterest

Stayler juda ko‘p funksiyalarga ega bo‘lib, sochlarni bukishda ham, tekislashda ham yordam beradi. Shunday qilib, undan turli xil soch turmagi hosil qilish mumkin.

Dazmol

Foto: Pinterest

Yaxshi dazmol, albatta, keramik qoplamaga ega bo‘lishi kerak. Ammo nozik va zaif sochlaringiz bo‘lsa, turmalin yoki teflonni tanlash afzaldir. Haroratni sozlash qobiliyatiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Jingalak qisqichlar

Foto: Pinterest

Tekis soch egalari ko‘pincha ularni jingalak qilishni xohlaydi. Shuning uchun qisqichlardan foydalanish yaxshiroqdir. Aytgancha, beshta to‘lqinli qisqichlar mavjud bo‘lib, ular tezda sochni jinglak qilishga va vaqtni tejashga yordam beradi.