Avvalroq Forbes 2022-yilda dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.

USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov dunyoda 167-o‘rinni, Rossiyada esa 7-o‘rinni egallagan.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 68 yoshli tadbirkorning boyligi bir yilda keskin kamaydi – 18,4 milliard dollardan 11,5 milliard dollargacha. Bu so‘nggi yillardagi rekord darajadagi pasayish.

Grafik: Forbes

Tadbirkor “Metalloinvest”, Xiaomi va boshqa telekommunikatsiya, tog‘-kon sanoati va media kompaniyalarida ulushga ega. U Facebook’ ning birinchi investorlaridan biri.

2022-yilning fevral oyidan boshlab Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi, mart oyidan esa — AQSH va Buyuk Britaniya sanksiyalari ostida.

Avvalroq Alisher Usmonovning ikkita vertolyoti xatlovga olinganini xabar qilingan edi.