Qarshi shahridagi 28-maktabda 16 dona mevali va manzarali daraxt kesilib, ekologiyaga 45 million 90 ming so‘m zarar keltirilgan. Bu haqda qashqadaryolik bloger Kapitan Karimov xabar berdi.

Foto: Skrinshot

Qarshi shahar Ekologiya va atrof-muhitni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i A.Abdurahimovning maktab direktoriga 2022-yilning 1-may kuni yo‘llagan ogohlantirish xatida ekologiyaga keltirilgan zarar 45 million 90 ming so‘m ekani, holat uchun esa maktab direktori S.A.ga 2 million 700 ming so‘m jarima qo‘llangani yozilgan. Shuningdek, jarimalarni ixtiyoriy tarzda to‘lash muddati 2022-yilning 7-yanvari ekani ma’lum qilingan.  Biroq maktab direktori shu paytga qadar na jarimani to‘lagan va na ekologiyaga keltirilgan zararni.

“Maktab direktoriga belgilangan muddatda jarimani ham, ekologiyaga keltirilgan 45 million so‘m zararni ham to‘lamagan. Mas’ullar esa bunga ko‘z yumib kelmoqda”, — deydi bloger Kapitan Karimov.