Andijonda 21 ming dollardan ortiq pulni Qirg‘izistonga yashirib olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi.

Foto: Andijon viloyati bojxona boshqarmasi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, “Do‘stlik” chegara bojxona postiga chiqish piyoda yo‘lagi orqali Qirg‘izistonga o‘tib ketish maqsadida kirib kelgan fuqaro N.S.ning harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan.

Ushbu fuqaro belgilangan tartibda bojxona shaxsiy ko‘rigidan o‘tkazilganda uning yonidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan olib chiqish me’yoridagi naqd xorijiy valyutadan ortiqcha bo‘lgan 21 200 dollar mavjudligi aniqlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.