Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Ziyoda kasb bayrami munosabati bilan “Madaniyat va san’at fidokori” deb e’tirof etildi.

Dilnoza Kubayeva hamkasblari Botir Muhammadjonov hamda Rixsitilla Abdullayev bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Asal Shodiyeva kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Klipmeyker Nurimon Sultonxo‘jayev Makka shahridan ko‘rinish berdi.

Ulug‘bek Rahmatullayev ayni paytda Turkiyaning Kappadokiya shahrida bo‘lib turibdi.

Foto: Instagram

Bloger Liil Xurramov onasining tug‘ilgan kuniga syurpriz tayyorlab, uni xursand qilmoqchi bo‘lganida aslida onasining unga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Blogerning onasi tug‘ilgan kunida ro‘mol o‘radi.

Rayhon oilasi bilan xorij safariga otlandi.

Foto: Instagram

20 yil deganda Toshkentga qaytgan Nargiz Zokirova o‘tgan vaqt mobaynida shaharda katta o‘zgarishlar yuz berganini e’tirof etib, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Shahlo Zoirova Navoiy viloyatidagi xizmat uchun yangicha imij yaratdi.

Foto: Instagram

15-aprel kuni kinorejissor Zebo Navro‘zova tug‘ilgan kunini nishonladi. Rejissorni ushbu sana munosabati bilan birinchi bo‘lib farzandlari Shohruhxon hamda Muhammadali tabrikladi.

Zebo Navro‘zova kuzatuvchilari uchun tug‘ilgan kuni qanday nishonlagani aks etgan videolar bilan bo‘lishdi.

Xonanda Sevara farzand kutmoqda.

Foto: Instagram

Bunyodbek Saidov Umra safaridan qaytdi. Uning ziyoratdan qaytishi Xorazmda haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Xonanda ziyoratchilar hamshaharlari tomonidan qanday kutib olinayotgani haqida reportaj tayyorladi.

Turk aktrisasi Fahriye Evjen sahifasiga yangi surat joyladi.

Foto: Instagram

“Super kelinchak” filmidagi obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozongan aktrisa Diana Yagofarova 13 yillik tanaffusdan so‘ng kinoga qaytmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa Rustam Sa’diyevning “Boy va novvoy” serialida suratga tushmoqda. Serialda, shuningdek, Javohir Zokirov, Ma’ruf Muhammedov hamda Durdona Qurbonovalar ham rol ijro etmoqda.

Foto: Instagram

16-aprel kuni aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova 31 yoshni qarshi oldi. Shahzoda tug‘ilgan kunini qanday nishonlagani aks etgan videoni kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.