Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Madina Mumtoz Samsung kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillaridan hafsalasi pir bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

Ziyoda ro‘molli ayollarga atalgan liboslar kolleksiyasini taqdim etdi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva allergiyadan aziyat chekayotganini aytib, muxlislaridan o‘zlarini ehtiyot qilishlarini so‘radi.

Lola kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Ravshan Komilov jajji nevarasi Yulduz Usmonovaning “Muhabbat” qo‘shig‘iga xirom aylayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Bollivud yulduzi Kajol qizi Nisani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Shahzoda Muhammedova kuzatuvchilariga qizil rangli avtomobillarga bo‘lgan mehri haqida so‘zlab berdi.

Behzod Muhammadkarimov devziradan o‘z qo‘llari bilan osh damladi.

Foto: Instagram

Rayhon turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov va farzandlari bilan Misrda hordiq chiqarmoqda.

Turk kinosi yulduzi Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘uluni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Sevara Nazarxon bir muddat Toshkentda bo‘lganidan so‘ng Londonga uchib ketdi.

Ulug‘bek Rahmatullayev kuzatuvchilariga Antaliya shahridan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

“Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi ijodkorlari Jahongir Otajonovga parodiya tayyorladi.

Yulduz Rajabova sahifasiga yangi surat joyladi.

Foto: Instagram

Vayner Liil (Ozod) Xurramov aktyor Alisher Uzoqov bilan bahsga kirishdi. Bahsga ko‘ra vayner Instagram’dan foydalanmagan holda oddiy ishda ishlab, ikki haftada besh yuz dollar pul ishlab topishi kerak. Ozod bir muddat restoranda ofitsiant bo‘lib ishladi. Ammo bu ish vaynerga unchalik to‘g‘ri kelmadi, shundan so‘ng u o‘zining Hyundai Sonata avtomobilida taksichilik qilishga qaror qildi.

Ziyoda singlisi Aziza Qobilova xonadonidagi tug‘ilgan kun bazmidan kuzatuvchilari uchun qisqa reportaj tayyorladi.

Feruza Normatova bir muddat oldin Shahzod Sultonov bilan “do‘stona munosabatlarini saqlab qolgani” hamda endi alohida ishlashlarini ma’lum qilgan edi. Aktrisa 20-aprel kuni Shahzod bilan birgalikda suratga olingan vaynlarini sahifasiga joylashtirdi. Feruzaning kuzatuvchilari izohlarda uni Shahzod bilan birga ko‘rayotganidan xursand ekanligini yozib qoldirgan.