Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi Xorazm viloyatida joylashgan Ichan-qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish davomida bir qator kamchilik va muammolar aniqlandi, deb xabar beradi agentlik matbuot xizmati.

Foto: Khiva Museum

Ma’lum qilinishicha, o‘rganishlar davomida ayrim ashyolarning tavsiflariga o‘zgartirishlar kiritilgani yuzasidan asoslovchi hujjatlar mavjud emas, deb topilgan.

Foto: Madaniy meros agentligi

Shuningdek, noyob ashyolar ro‘yxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, jami 101 ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlangan.

Foto: Madaniy meros agentligi

Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xat-hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Bundan avval Surxondaryodan Mirzo Ulug‘bek davriga oid mis tangalar topilgani, Xorazmda me’moriy arxitektura yodgorligi hisoblanuvchi Deshon qal’aning bir qismi qulab tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.