Ko‘pchilik ovqatdan keyin o‘zini yomon his qiladi. Ko‘pincha bu ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarining belgisi, ammo boshqa omillar ham bu noxush holatga olib kelishi mumkin.

Foto: Getty Images

Ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi sabablarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:

Sog‘lom odamda kuzatiladigan ko‘ngil aynishi

Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli rivojlanishi mumkin. Bunga quyidagilar sabab bo‘ladi:

  • ortiqcha ovqatlanish;
  • qovurilgan va yog‘li ovqatlar;
  • ovqatdan so‘ng darhol bajarilgan faol harakatlar va jismoniy faoliyat;
  • sifatsiz mahsulotlarni iste’mol qilish;
  • intoksikatsiya.

Bunday hollarda ovqatlanishni tartibga solish yoki toksik moddalardan foydalanishni to‘xtatish kifoya.

Foto: Getty Images

Turli kasalliklar tufayli ko‘ngil aynishi

Agar diyetani tartibga solish kutilgan natijani bermasa va ovqatdan keyin ko‘ngil aynish saqlanib qolsa, bu quyidagi kasalliklarning rivojlanishi uchun signal bo‘lishi mumkin:

  • ezofagit;
  • gastrit;
  • enterit;
  • gepatit;
  • pankreatit;
  • o‘t qopidagi tosh;
  • xoletsistit;
  • oshqozon yarasi;
  • ichak disbakteriozi.

Ushbu kasalliklar tibbiy muolajani talab qiladi, mustaqil davolash nafaqat samarasiz, balki xavfli hamdir.

Foto: Getty Images

Sog‘lom ayolda ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi

Kuniga 2 martagacha ko‘ngil aynishi va qayt qilish homiladorlikning odatiy belgisidir, agar ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish tez-tez sodir bo‘lsa, bu tibbiy nazoratni talab qiladigan toksikoz bo‘lishi mumkin.

Ovqatdan keyin ko‘ngil aynisa, nima qilish kerak?

Avvalo, uni yuzaga keltiradigan omillarni istisno qilish kerak, xususan:

  • kam-kamdan tez-tez ovqatlaning;
  • ovqatdan keyin og‘ir jismoniy zo‘riqishlardan saqlaning (faqat piyoda yurish tavsiya etiladi);
  • yog‘li ovqatlarni kamaytiring;
  • bug‘da pishirilgan, qaynatilgan va dimlangan ovqatlarga ustunlik bering;
  • mahsulotlarning yaroqlilik muddatini diqqat bilan tekshiring;
  • alkogol va tamaki iste’mol qilmang;