Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

24-aprel kuni aktrisa Luiza Rasulova 27 yoshni qarshi oldi.

Foto: Instagram

Rejissor Zulfiqor Musoqovning yangi “Kasallik tarixi” deb nomlangan filmining treyleri taqdim etildi.

Raqqosa Parizoda kuzatuvchilariga hayotidagi sinovli kunlar haqida so‘zlab berdi. 24-aprel kuni uning eng yaqin insoni— buvijonisi og‘ir operatsiyani boshdan kechirdi.

Foto: Instagram

Taniqli aktyor Tohir Saidov ham yana bir bor bobo bo‘ldi.

Sevara Soliyevaning to‘ng‘ich farzandi Sultonbek 7 yoshga to‘ldi. Aktrisa o‘g‘liga atalgan dil so‘zlarini sahifasiga yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Kinoga qaytayotgan aktrisa Diana Yagofarova turmush o‘rtog‘i hamda uch o‘g‘lini kuzatuvchilariga ko‘rsatdi.

Turk kinosi yulduzlari Burak O‘zchivit hamda Fahriye Evjen muxlislariga yangi suratlarini taqdim etdi.

Foto: Instagram

Shukurullo Isroilov uchinchi marta bobo bo‘lgani haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi.

Xonanda Nargiz Zokirova marhum bastakor Ruslan Sharipov bilan to‘yi kunidagi suratni sahifasiga joyladi. “Mening birinchi to‘yim. Toshkent, 1988-yil, men dinozavrman”, — deb yozadi xonanda.

Foto: Instagram

Otabek Madrahimov nevarasi bilan tushgan suratini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova xonadonida ijodiy jamoasi uchun iftorlik tashkillashtirdi.

Maryam Tillayeva kuzatuvchilariga Amerikada o‘zini erkin his qila olishi haqida so‘zlab berdi.