Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Teleboshlovchi Iroda Nosirovaga ulkan guldasta sovg‘a qilishdi.

Foto: Instagram

Jahongir Poziljonov o‘zi yashayotgan “Hasanboy” mahallasidagi bir necha yillik muammolarni hal qilib berayotgan hokimiyatga minnatdorlik bildirdi.

Shahlo Ahmedova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Hamdam Sobirovning qaynonasi u o‘g‘illi bo‘lgani sharafiga Chevrolet Tahoe avtomobilini sotib oldi.

Ikkinchi farzandiga homilador Bahora Arslonova vazni 85 kiloga yetganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Durdona Qurbonova yangi serialda sigir sog‘ishni bilmaydigan kelin obrazini gavdalantirmoqda.

Ayni paytda AQSHda yashayotgan taniqli aktrisa Yulduz Hamidova yana bir bor buvi bo‘ldi. Uning qizi Fotima o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.

Foto: Instagram

Raqqosa Parizoda kuzatuvchilariga buvisi qanday kasallikka chalingani hamda qanday operatsiyani boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi.

Sitora Alimjonova sahifasiga yangi surat joyladi.

Foto: Instagram

Xonanda Nigora kuzatuvchilariga ilk marta qizining yuzini ko‘rsatdi.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonovdan xafa bo‘ldi.

Foto: Instagram

Aktrisaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i otasi vafotidan so‘ng 4 kun o‘tib, sahifasiga turli promoroliklar joylay boshlagan, bu esa unga og‘ir botgan. Ushbu holat Muqaddasning kuzatuvchilariga ham erish tuyulgan. Aktrisa “Omad! Odam o‘zining boshidan o‘tmaguncha tushunmas ekan”, deb yozib qoldirdi.

Foto: Instagram