Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Yosh xonanda Afruza kuzatuvchilarining e’tiboriga yangi suratini havola qildi.

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova “Ay, dunyo” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.

27-aprel kuni Sevara Nazarxonning qizi Imon Anvar 6 yoshga to‘ldi. Xonanda ushbu sana munosabati bilan qiziga atalgan iliq so‘zlarini sahifasiga yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Mavluda Asalxo‘jayeva ayni paytda Umra ziyoratini amalga oshirmoqda. Xonanda muxlislari uchun Madina shahridan reportaj tayyorladi.

Bahora Arslonova ota-onasining ra’yiga qarshi borib, o‘z istagan kasbni egallagani haqida muxlislariga hikoya qilib berdi.

Foto: Instagram

27-aprel kuni el suygan xonanda Ilhom Farmonov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Xonandaning o‘g‘illari otasiga atab, birgalikda qo‘shiq kuyladi.

Sitora Alimjonovaning fikricha, insonni baxtli qiladigan omillardan biri — bu tabassum qilishdir.

Foto: Instagram

Sardor Rahimxon qilayotgan ishlariga shubha bilan qaraydiganlarga murojaat yo‘lladi.

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Mirolim Qilichev og‘ir judolikka uchradi. Aktyorning onasi vafot etdi.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva jahl ustida keskin post yozgani uchun Yigitali Mamajonovdan uzr so‘radi. “Oila muqaddas, oilani asrash kerak. Onajonimga ham bizni baxtli yashashimiz yanada yashashga kuch beradi”, — deydi aktrisa.

Turk kinosi yulduzi Fahriye Evjen folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

24-aprel kuni “Million” kulgi jamoasining 2021-yildagi konsert dasturi YouTube’ga joylandi. Konsertda deputat Alisher Qodirovning mehnat muhojirlarini soliqqa tortish haqidagi fikri kulgi ostiga olingan. Ushbu sahna ko‘rinishi Alisher Qodirov e’tiboridan chetda qolmadi. U sahna ko‘rinishiga munosabat bildirar ekan, “Million”ni yanada jur’atliroq bo‘lishga chaqirdi.

Foto: Instagram

“Million” yetakchisi Davron Kabulov Alisher Qodirovning munosabatini Stories’ga joylab, “Deputatlarda yumorni qabul qilish hissi shakllanayotgani quvonarli” ekanligini aytib o‘tdi hamda deputatni “Million”ning may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yangi konsert dasturiga taklif etdi.

Foto: Instagram

26-aprel kuni vayner, komik aktyor Dili.me 23 yoshni qarshi oldi. Vaynerning yaqinlari ushbu sana munosabati bilan unutilmas syurpriz tayyorladi.