17:37, 28.04.2022 // 7319

Andijonda 78 yoshli ayol uyidan o‘lik holda topildi

Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi 78 yoshli ayol uyidan o‘lik holda topildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

2022-yilning 27-aprel kuni soat, taxminan, 15:00 da Izboskan tumani “Qashqarlik” mahallasida yashab kelgan 1944-yilda tug‘ilgan ayol uyining yotoqxonasidan qotillik alomatlari, ya’ni yuz qismida ko‘plab qontalash ko‘rinishidagi tan jarohatlari bilan o‘lik holda topilgan.

Holat yuzasidan Izboskan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda 43 yoshli fuqaro qo‘shnisi bilan janjallashib, uni pichoqlab o‘ldirgani xabar berilgandi. 

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv