Barcha musulmon davlatlarida bo‘lgani kabi Turkiyada ham Ramazon oyi munosib qarshi olindi. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev mazkur mamlakatda bo‘lib, muborak oyni o‘tkazish bilan bog‘liq ayrim jihatlarga e’tibor qaratdi.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Turkiyaning katta-kichik shaharlari, xususan, Istanbulning markaziy ko‘chalari Ramazon oyini madh etuvchi ulkan bannerlar bilan bezatilgan. Ularni gavjum transport oqimida ham payqash qiyin emas.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Istanbuldagi mashhur “Ayo Sofiya” masjidi Ramazon oyida bu yerni ziyorat qilish istagida bo‘lgan sayyohlar bilan to‘la. Ular qatorida ko‘plab o‘zbekistonliklarni ham uchratish mumkin.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Ramazon oyida Istanbuldagi ayrim mashhur obidalar, xususan, Sulton Ahmad masjidida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Ramazon shukuhi Istanbul xalqaro aeroportida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ulkan havo qo‘nalg‘asining turli nuqtalarida shunday installyatsiyalarga guvoh bo‘lasiz.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Turkish Airlines samolyotlarida iftorlik payti yo‘lovchilarga “Xayrli Ramazonlar” degan yozuv tushirilgan qog‘oz qutilar tarqatilmoqda. Ulardan suv, xurmo, zaytun, shirinlik va yegulik o‘rin olgan.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Ramazon oyida turkiyaliklar toat-ibodat bilan bir qatorda o‘zlarining odatiy yumush va mashg‘ulotlari bilan ham band. Ulardan ba’zilarining faoliyatlari kameraga muhrlandi.

Chanoqqal’a shahrida qayig‘ini ta’mirlayotgan baliqchi.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

O‘rta yer dengiziga sho‘ng‘ish bilan shug‘ullanayotgan g‘avvos.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Xiyerapolis antik shahar-muzeyi farroshi.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

O‘rta yer dengizi sohilidagi midiyalar sotuvchisi.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Antaliyaning Dyuden parkidagi apelsin va anor sharbatlari tayyorlovchi.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Antaliyaning Dyuden parkidagi fotograf.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Istanbuldagi To‘pqopi saroyi qarshisida hordiq olayotgan qariya.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Antaliyadagi ko‘cha xonandasi.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Istanbuldagi To‘pqopi saroyida xizmat qilayotgan jandarmeriya xodimi.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Istanbul ko‘chalaridagi xizmatdan biroz tin olgan politsiya xodimlari.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

“Daryo” muxbiri Ramazon oyi shukuhi bilan yashayotgan Turkiyani shunday nigoh bilan ko‘rdi. Bu muborak oyda ushbu davlatda ilg‘ashga ulgurilgan ayrim qirralar, xolos.

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev

Foto: “Daryo” / Shohruh Kenjayev