Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Shahzoda Muhammedova qizalog‘i Milana bilan Magic City’dagi akvariumni aylandi hamda kuzatuvchilariga o‘z taassurotlarini so‘zlab berdi.

Foto: Instagram

Feruza Normatova uyda bo‘lgan kuni nima ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishini muxlislariga ko‘rsatdi.

Bollivud yulduzi Kajol muxlislariga onasi bilan birgalikda ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova xonadonida uning ijodiy jamoasi uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Shohruxxon ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida hordiq chiqarish bilan birga muxlislari uchun yangi ijod mahsulini tayyorlamoqda.

Foto: Instagram

Umida Mirhamidova Parkentdagi ota uyidan kuzatuvchilari uchun reportaj tayyorladi. Videoda xonandaning onasi tandirda ko‘k somsa yopayotgani aks etgan.

Yigitali Mamajonov oilasidagi kelishmovchilikni Instagram’da muhokama qilgani uchun kuzatuvchilaridan kechirim so‘radi.

Foto: Instagram

28-aprel kuni xonanda Kaniza 37 yoshni qarshi oldi.

Xonanda yaqinlari tomonidan unga atab tayyorlangan syurprizni muxlislariga ko‘rsatdi.

Shukurullo Isroilov 28-aprel kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan hamkasb do‘sti Rashid Xoliqovga samimiy tilaklarini bildirdi.

Foto: Instagram

Bir muddat ijodiy tanaffus qilgan xonanda Shahlo Ahmedova muxlislariga yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi.

YouTube’da kliplari eng ko‘p tomosha qilinayotgan o‘zbekistonlik xonanda Hamdam Sobirov Traverse avtomobilini xarid qildi hamda xursandchiligini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Asal Shodiyeva qo‘shiqchilik bilan professional darajada shug‘ullanishga qaror qilgan ko‘rinadi. Aktrisa muxlislariga tez kunda “Uchta so‘z” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipi taqdim etilishini ma’lum qildi.

Aziza Nizomova turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Sayyora Qoziyeva Toshkentda o‘z restoranini ochayotgani haqida xabar berdi.

Sevara Nazarxon Londondagi xonadonida qizi Iman Anvarning tug‘ilgan kunini qanday nishonlagani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.