Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Zulayho Boyxonova Turkiyaning Bursa shahrida dam olmoqda.

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova AQSHda yashovchi muxlislari uchun konsert beradi.

Zohirshoh Jo‘rayev “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Foto: Instagram

O‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari imkoniyati cheklangan bolalar maktabiga borib, ularga konsert tashkillashtirib, sovg‘alar ulashdi.

Muqaddas Sa’dullayeva marhum otasi bilan tushgan arxiv suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Aktrisa, shuningdek, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘tkazilgan xotira kechasida otasiga atab qo‘shiq kuyladi.

Shukurullo Isroilov uchinchi nevarasi tug‘uruqxonadan uyga chiqishi munosabati bilan xonadonida katta bayram tashkillashtirdi.

Xosiyat Husanova Parkentning ko‘k somsalaridan tatib ko‘rdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Gulchehra Eshonqulova haydovchilik guvohnomasini olish uchun AQSHda imtihon topshirayotganini aytib, muxlislaridan omad tilashlarini so‘radi.

Turk kinosi yulduzi Maryam Uzerli muxlislariga Parij shahridan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Instabloger Doniyor Qayumov otasining tug‘ilgan kuniga Malibu avtomobilini sovg‘a qildi.

Kanizaga 1001 ta atirguldan iborat katta guldasta sovg‘a qilishdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Muyassar Berdiqulova ortiqcha vazndan xalos bo‘lish maqsadida oshqozon kichraytirish operatsiyasini boshdan kechirdi.