Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Bahtiyor Rahmonov ikkinchi bor ota bo‘ldi. Bu haqda Manzura o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Feruza Jumaniyozova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Bollivud qiroli Shohruh Xon butun dunyodagi musulmon muxlislarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi hamda bayram munosabati bilan uyi oldiga yig‘ilgan yuzlab muxlislari bilan tushgan selfisini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Yulduz Rajabova ham kuzatuvchilariga faqat yaxshilikni tilashi haqida post qoldirdi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva bloger Jahongir Latipovga bergan intervyusida xonadonidagi garaji hamda undan o‘rin olgan qimmatbaho avtomobillar haqida so‘zlab berdi. Xonandaning aytishicha, xonadonidagi avtoturargohda Malibudan Range Rover’gacha bo‘lgan bir necha mashinalar bor.

Turk kinosi yulduzlari Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen muxlislarini bayram bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Zohirshoh Jo‘rayev sahifasiga otasi Sherali Jo‘rayevning O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov bilan muloqoti aks etgan videoni joylashtirib, kuzatuvchilarini Hayit bilan qutladi.

Nargiza Salmonova kuzatuvchilariga may oyini naqadar yaxshi ko‘rishi haqida so‘zlab berdi.

Foto: Instagram

Yulduz va Nilufar Usmonovalar barcha muxlislarini Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi.

Turkiyalik aktyor O‘zjan Deniz o‘g‘lini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Gulchehra Eshonqulova bir muddat avval AQSHda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirayotgani haqida so‘zlab bergan edi. Aktrisa bu safar kuzatuvchilariga qanday rusumli avtomobilda haydovchilik bo‘yicha malakasini oshirayotgani aks etgan videoni namoyish etdi.

Maryam Madaliyeva (xonanda Sevara) ilk marta ona bo‘ldi hamda quvonchini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Mavluda Asalxo‘jayeva Umra safaridan qaytdi. Xonandani yaqinlari katta tantana bilan qarshi oldi.

Shuningdek, aktrisa Rayhon Ulasenova ham onasi bilan Umra safarida bo‘lib qaytdi.