Mercedes avtomobillarini tyuning qilish bilan shug‘ullanuvchi Brabus kompaniyasi Mercedes-Maybach GLS 600 krossoverining “900” indeksi ostidagi versiyasini taqdim etdi.

Foto: Autoclinic

Brabus dizaynerlari original Mercedes-Maybach GLS 600 ning tashqi ko‘rinishini jiddiy o‘zgartirmagan, uning uglerod plastikli keng g‘ildiraklar arkasi, old bamperining pastki qismi va avtomobil “quyruq” qismidagi diffuzori saqlanib qolgan. Asosiy o‘zgarish — kuzovdagi ortiqcha xromning olib tashlangani.

Foto: Autoclinic

Krossoverga Mercedes-Maybach S-Class diskalari dizayniga ishora qiluvchi yangi 24 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatiladi. Bundan tashqari, pnevmatik “podvaska”sining sozlamalari ham o‘zgartirilgan: katta tezlikda u yo‘l yuzasi bilan oraliq masofani 25 millimetrga qadar qisqartiradi.

Avtomobil salonining orqa qatoridan ikkita alohida “kapitan” o‘rindiqlari o‘rin olgan — bu Mercedes-Maybach GLS 600 uchun eng hashamatli variant. Salon to‘liq uglerod plastikli naqshlarga ega qimmatbaho charm bilan qoplangan.

Foto: Autoclinic

Yangi Brabus 900 quvvati 557 dan 900 ot kuchiga yetadigan V8 biturbomotor bilan jihozlangan. Buning yordamida GLS soatiga 70 kilometrga tezlashgan: maksimal tezligi 320 kilometr/soatga qadar yetadi. Avtomobilning soatiga 100 kilometr tezlikka chiqishi uchun 4,2 soniya kifoya qiladi.

Foto: Autoclinic

Eng qiziq jihati — narxida: birinchi yig‘ilgan Brabus 900 narxi 532 ming dollarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Germaniyada Mercedes-Maybach GLS 600 narxi 177,5 ming dollardan, O‘zbekistonda esa 258 ming dollardan boshlanadi.

Foto: Autoclinic

Avvalroq Brabus 3,2 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka erisha oladigan dunyodagi eng tezkor krossoverni taqdim etgandi.