The Black Eyed Peas guruhi yetakchisi, will.i.am taxallusi bilan tanilgan Uilyam Adams va Mercedes-Benz kompaniyasi hamkorlikdagi loyihasini — West Coast Customs tyuning atelyesi mutaxassislari tomonidan yaratilgan konseptual kupeni taqdim etdi. Yangi mashina asosini gibrid agregatli Mercedes-AMG GT 63 S E Performance tashkil etadi, kuzovi esa original — G-Class uslubidagi yumaloq old farali va to‘g‘ri burchakli radiator panjarasiga ega, deb xabar beradi “Motor”.

Foto: Mercedes-Benz

Konsept The Flip nomiga ega bo‘lgan va Mayamidagi “Formula-1” gran-prisida ommaga namoyish etilgan. Shou-kar dizaynining o‘ziga xosliklar qatoriga harakat yo‘nalishiga qarshi ochiladigan eshiklarini (ular ikkita), uzun kapot va tom qismidagi shaffof seksiyani kiritish mumkin. Mashina diskalari ham alohida e’tiborga loyiq. Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, mashinaning tashqi ko‘rinishi nafaqat G-Class yo‘ltanlamasiga, balki afsonaviy SLS Gullwing’ga ham ishora qiladi.

Foto: Mercedes-Benz

Ayiqning boshi ko‘rinishidagi logotip — will.i.am’ning shaxsan o‘zi tomonidan yaratilgan va o‘zining tovar nomiga ega — Bear withness. Reper ushbu brend ostida cheklangan miqdordagi kiyim-kechak va aksessuarlarni ishlab chiqaradi.

Foto: Mercedes-Benz

Ma’lumotlarga ko‘ra, The Flip ikkita elektromotor yordamida 843 ot kuchini taqdim etishga qodir V8 biturbomotor yordamida harakatga keladi. Dinamik texnik tavsiflari keltirilmagan, biroq gibrid “donor” soatiga 100 kilometr tezlikka 2,9 soniyada erisha olishi ma’lum.

Foto: Mercedes-Benz

Ta’kidlash kerakki, bu Mercedes-Benz’ning mashhurlar bilan birinchi hamkorlikdagi loyihasi emas. 2021-yilning oxirida kompaniya Off-White leybli asoschisi Virjil Ablo bilan hamkorlikda (modelyer loyihani o‘limidan oldin yakunlashga muvaffaq bo‘lgan) noyob Maybach S-Class’ni taqdim etgandi.

Foto: Mercedes-Benz

Avvalroq Brabus kompaniyasi Mercedes-Maybach GLS 600 ning originalidan uch barobar qimmat versiyasini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.