Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Aktrisa Sitora Farmonova inson sevib qolganida ko‘ngil qo‘ygan insonining kamchiliklari ham ko‘zga ko‘rinmasligi haqida mulohaza yuritdi.

Foto: Instagram

8-may kuni dunyoning ko‘plab mamlakatlarida Onalar kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan jahon kinosining ko‘plab yulduzlari onalarini ushbu kun bilan tabriklamoqda. Bollivud aktrisasi Karina Kapur ushbu kun munosabati bilan ikki o‘g‘li bilan tushgan suratini sahifasiga joylashtirdi.

Foto: Instagram

Vayner Liil Xurramov konsertga tayyorgarlik ko‘rayotgan Ozoda Nursaidovaga kutilmagan sovg‘a tayyorlab, uning ko‘nglini ko‘tardi.

Yulduz Turdiyeva kuzatuvchilaridan o‘g‘il bolalar tarbiyasidagi muhim jihatlar haqida so‘radi.

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova yangi qo‘shig‘iga tog‘li hududda klip suratga oldirmoqda. Xonanda klipda qizil rangli traktorni boshqaradi.

Shahlo Zoirova hamda Afruza Andijonda to‘y xizmatida uchrashib qoldi.

Foto: Instagram

“Baron-2” filmining suratga olish jarayonidan yangi video e’lon qilindi. Videoda Dilnoza Kubayevaning filmdagi obrazi farzand kutayotganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, filmda aktrisaning to‘ng‘ich farzandi rolini xonanda Malika Ravshanovaning o‘g‘li Ubaydulloh ijro etmoqda.

Aktrisa Ra’no Shodiyeva ilk marta nevarali bo‘ladi. Uning kelini Anastasiya farzand kutmoqda.

Foto: Instagram

5-may kuni O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti Salim Abduvaliyev 72 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Salimboyvachchaning dala hovlisida katta ziyofat uyushtirildi.

Gulasal Abdullayeva Ziyoda bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram