Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Shahlo Zoirova talabalik davrini eslab, Chig‘atoy mavzesidagi mashhur xonimxonaga bordi.

Zulayho Boyxonova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Xorazmning Urganch shahridagi restoranlardan birida xonanda Bunyodbek Saidov onasining tug‘ilgan kunini katta tantana bilan nishonladi. Kechada xorazmlik taniqli san’atkorlar xizmatda bo‘ldi.

Aziz Umrzoqov yangi serialda suratga tushmoqda.

Foto: Instagram

Aktrisa Sitora Alimjonova “Bag‘ritosh” deb nomlangan yangi serialda ko‘zi ojiz qiz rolini ijro etmoqda.

Jahongir Ahmedov yangi tarixiy film ustida ish boshladi.

Foto: Instagram

Rejissor Zebo Navro‘zova kelini Asal Shodiyeva bilan mashinada ketayotgani aks etgan videoni sahifasiga joylab, o‘g‘li Shohruxxonning ashaddiy muxlisalari ekanliklarini yozib qoldirdi.

“Mendirman Jaloliddin” serialining ikkinchi fasli suratga olish ishlari boshlandi. O‘zbekistonlik aktyorlar jamoasi Istanbul shahriga yetib bordi.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva mashina suv ostida qolganida unga qanday yetib borish bo‘yicha layfxak bilan bo‘lishdi.

Durdona Qurbonovaga moychechaklardan iborat katta va bejirim guldasta sovg‘a qilishdi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda millionlab kuzatuvchilarga ega tiktoker va instabloger Parizoda Usmonova turmushga chiqdi.

San’atni tark etgan xonanda Sevara qizi bilan tug‘uruqxonadan chiqdi.

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova AQSHda yashovchi muxlislari uchun konsert berish maqsadida Nyu-York shahriga yo‘l oldi.

Rossiyalik xonanda Nargiz Zokirova sahifasiga yangi surat joyladi.

Foto: Instagram

“Aristokratlar” kulgi jamoasi aktyorlari oltin baliq haqida vayn suratga oldi. Unda Jahongir Otajonov, Luiza Rasulova, hokim hamda futbolchilar oltin baliqdan nima so‘rashlari kulgi ostiga olingan.

Munisa Rizayeva muxlislarining savollariga javob berishning yangicha formatini yo‘lga qo‘ydi. U Samarqandga ketayotganida mashina ichida muxlislarini qiziqtirgan bir necha mavzular bo‘yicha ma’lumot berdi.