Har birimiz yaqinlarimizning qo‘llab-quvvatlashi qanchalik muhimligini bilamiz. Yaxshi so‘z, e’tibor va sabr bizni buyuk ishlarga undashi mumkin. Ko‘pgina mashhurlar taslim bo‘lmagan va farzandlari uchun hamma narsani qilgan ota-onalari tufayli muvaffaqiyatga erishgan. Misol uchun, Leonardo Di Kaprioning onasi o‘g‘lini yaxshi maktabga olib borish uchun har kuni 2 soatni yo‘lda o‘tkazgan.

Kira Naytli va Sherman Makdonald

Foto: Getty Images

Kiraning onasi aktrisa va ssenarist bo‘lgan. U bolalarini yoshligidan teatr va balet bilan tanishtirgan. Bolaligida Kiraga disleksiya tashxisi qo‘yilgan, bu kasallik o‘rganish, xususan, o‘qish va tovushlarni tanib olishda qiyinchiliklarga olib keladi. Bu muammo uning karyerasiga nuqta qo‘yishi mumkin edi.

Ammo kasallikni yengishga uning ota-onasi katta yordam berdi. Kira u bilan kurashishni o‘rgandi, ammo hali ham o‘qishga qiynaladi. Qizini rag‘batlantirish uchun Sherman uyga Emma Tompson asosiy rollardan birini o‘ynagan “Andisha va g‘urur” melodramasining ssenariysini olib keladi. Emma Kiraning kumiri edi, shuning uchun onasi unga aktrisalar kabi ssenariyni o‘qib chiqishni taklif qiladi.

Chenning Tatum va Key Tatum

Foto: Getty Images

Bolaligida aktyorga DFYS (diqqat va faollikning yetishmasligi sindromi) va disleksiya tashxisi qo‘yilgan. Unga maktabga borish haqiqiy azob edi — o‘qish oson emasdi. Yigit o‘zini sportga urdi va ketma-ket hammasiga qatnashdi — futbol, ​​beysbol, kung-fu.

Ota-onasi esa o‘g‘liga yaxshi ta'lim berishni xohlardi, shuning uchun ular xususiy maktab uchun pulni ayamadilar. Intervyuda aktyor onasi unga: “Hamma narsani gubkadek shimib ol”, deb o‘rgatganini aytadi. Chenningning fikricha, u ko‘p narsalarni “maktab va kitoblardan ko‘ra odamlardan o‘rgangan”.

Rayan Gosling va Donna Gosling

Foto: Getty Images

Rayan Gosling ham bolaligida kitob o‘qishda qiynalgan. Bolaga DFYS tashxisi qo‘yilgan, maktabda masxara qilishgan, do‘stlari ham bo‘lmagan. O‘g‘lining ahvolidan xavotirlangan Donna o‘g‘liga o‘qishni o‘rgatishga qat’iy kirishadi va uni bir yil davomida uyda o‘qitadi. Ko‘p o‘tmay, bola aktyor bo‘lishga qaror qiladi. Rayan “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lganida intervyu berib, bu uning o‘zi va sevgan odamlari uchun qanchalik muhimligini ta’kidladi. “Ayniqsa, onam uchun, chunki u tug‘ilganimdan beri men uchun kurashgan”, — deydi u.

Nikol Kidman va Janell Enn Kidman

Foto: Getty Images

Birinchi farzandiga homilador bo‘lgan aktrisa faoliyatini yakunlashga qaror qiladi va onasi bilan o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashadi. Nikol butun vaqtini bolalarga bag‘ishlamoqchi ekanligini aytdi. Ammo onasi bu borada qizini qo‘llab-quvvatlamaydi. Aktrisaning aytishicha, onasi “oldinni ko‘ra bilgan” va qiziga bunday qilmaslikni maslahat bergan. “Tanffus qilib, dam ol, lekin taslim bo‘lma”, degan u. Nikol onasining maslahatiga quloq soladi va filmlarda rol o‘ynashni davom ettiradi.

Aktrisa “Oltin globus”ga sazovor bo‘lganda onasiga yana bir bor o‘z minnatdorchiligini bildirdi: “Mening onam ayollar huquqlari himoyachisi bo‘lgan va men shu yerda turganim uchun unga rahmat. Mening yutuqlarim uning yutuqlari”. Nikolga o‘z karyerasini tark etishga ruxsat bermagan onasi tufayli bugungi kungacha aktrisa rol ijro etgan filmlardan zavqlanishimiz mumkin.

Leonardo Di Kaprio va Irmelin Di Kaprio

Foto: Getty Images

Aktyor ismini onasi qo‘ygan — ayol birinchi marta Leonardo da Vinchi rasmini tomosha qilayotganda homilasi qimirlayotganini his qiladi. Leonardoning onasi bir nechta joylarda ishlagan, o‘g‘li esa uning qiyinchiliklarini ko‘rib, oilaning moddiy ahvolini yaxshilashni va aktyor bo‘lishni orzu qilgan.

U erishgan yutuqlarini onasi bilan bog‘laydi. Ular bolalikdan beri yaqin. O‘g‘li yaxshi bilim olishi uchun ayol uni boshqa tumandagi maktabga beradi. U yerga borish uchun 2 soat vaqt ketardi, lekin Irmelin o‘g‘li uchun o‘zini ayamay qattiq mehnat qiladi. “Agar onam bo‘lmaganida men bu yerda turmagan bo‘lardim”, — deydi aktyor.

Enn Xeteuey va Keyt Xeteuey

Foto: Getty Images

Enn Xeteuey ham doim ota-onasidan minnatdor. Qizning onasi ham aktrisa bo‘lgan va aynan uning rollari kichkina Ennni sahna haqida o‘ylashga majbur qilgan. Ammo o‘sha vaqtda Enn sahnaga chiqishga ruxsat so‘raganida, ota-onasi qat’iy “yo‘q” deyishadi. “Biz unga u hali bola ekani, o‘ynab-kulishi kerakligini tushuntirdik”, — deb eslaydi Keyt.

“Oltin globus” marosimidagi tantanali nutqida aktrisa bu rolga uni ilhomlantirgani uchun onasiga minnatdorlik bildirdi.

Bill Geyts va Meri Geyts

Foto: Getty Images

Millionerning onasi o‘g‘lining kelajagiga yaxshigina ta’sir o‘tkazgan. 1991-yilda 35 yoshli Bill Geyts onasi uchrashishni talab qilgan yigit bilan ko‘rishishni istamaydi. “Onam menga qo‘ng‘iroq qildi va bir necha kishi, jumladan Uorren Baffet bilan gaplashish uchun yozgi uyimizga kelishimni so‘radi. Men rad etdim: chunki u odamlar meni qiziqtirmasdi. Ammo oxir-oqibat meni ko‘ndirdi”, — deydi Bill.

Geytsning so‘zlariga ko‘ra, u muvaffaqiyatga ota-onasi tufayli erishgan. Uning onasi Microsoft kompaniyasini oldinga siljitishga yordam bergan kelishuvda muhim rol o‘ynagan. Tadbirkor, shuningdek, muvaffaqiyatga erishishga yordam beradigan bir qancha muhim narsalarni ham sanab o‘tadi. Bolaning ota-onasi unga xayriyaning qiymatini tushuntirib, bolaligidanoq jamoatchilik ishlariga o‘rgatgan. Shuningdek, ular o‘g‘liga to‘la erkinlik berib, birinchi marta hech narsa natija bermasa ham, boshlagan ishini tashlamaslikka undashgan.