Janluijji Donnarumma 2022/23-yilgi mavsumda jamoaning asosiy darvozaboniga aylanadi.

Foto: Getty Images

Get French Football News nashrining xabariga ko‘ra, rahbariyat 23 yoshli posbon jamoaning birinchi raqamli darvozaboniga aylanishi borasida qaror qabul qildi. Shu tariqa uning Keylor Navas bilan raqobatiga yakun yasaldi.

Rahbariyat vaziyat bunday davom etmasligini xohlagan holda, ikkala darvozabonni ham bu borada ogohlantirdi.

Janluijji Liga 1 da 16 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Keylor esa 20 ta o‘yindan 8 tasida gol o‘tkazmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!