Onkologik kasalliklarning sabablari to‘liq o‘rganilmagan va ko‘pincha bunda genetika katta rol o‘ynaydi. Biroq shifokorlar maslahat beradigan saraton kasalligining oldini olishning tasdiqlangan usullari mavjud. Ulardan biri to‘g‘ri ovqatlanishdir. Bu nafaqat ratsiondan fastfud, qizil go‘sht va alkogol kabi zararli mahsulotlarni chiqarib tashlash, balki xavfli o‘smalar xavfini kamaytiradigan ingrediyentlarni iste’mol qilishga ham bog‘liq. Marie Claire nashri saraton xavfini kamaytirishga yordam beradigan mahsulot va ichimlik nomini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Yong‘oqlar

Foto: Marie Claire

Saraton kasalligining oldini olish uchun eng yaxshi mahsulotlardan biri yong‘oqdir. Ayniqsa, yong‘oq, bodom, funduk va keshyu kabilar. “Yong‘oqlar immunitet tizimini mustahkamlaydigan va saraton kasalligiga qarshi kurashadigan polifenollarni o‘z ichiga oladi, — deydi ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis doktor Uilyam Li. — Ular, shuningdek, foydali omega-3 yog‘ kislotalarga ham ega, bu qon ta’minotini to‘xtatib, o‘simtalarni och qoldirishi mumkin”.

Pomidor

Foto: Marie Claire

Pomidorlarda likopen pigmenti mavjud bo‘lib, bu ularga qizil rang beradi va xavfli o‘smalarning oldini oladi. “Likopen DNKni shikastlanishdan himoya qiladi, bu saraton xavfini kamaytirishga yordam beradi”, — deydi doktor Li. Mutaxassis dalil sifatida tadqiqotni keltirib o‘tadi, unga ko‘ra haftasiga ikki marta 2-3 dona pomidor iste’mol qilgan erkaklarda prostata saratoni rivojlanish xavfi 30 foizga kamayadi.

Binafsha rang kartoshka

Foto: Marie Claire

Saratonga qarshi kurashda yana bir yordamchi — bu antotsiyanin tabiiy bo‘yoqni o‘z ichiga olgan binafsha rangli kartoshka. Doktor Lining so‘zlariga ko‘ra, bu modda saraton ildiz hujayralarini yo‘q qiladi.

Ustritsa (dengiz mollyuskasi)

Foto: Marie Claire

Ustritsa go‘shti kuchli antioksidant ta’sirga ega bo‘lgan va DNKni erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qiluvchi polisaxaridlar hamda aminokislotalarni o‘z ichiga oladi. “Tadqiqotchilar ustritsa yeyish DNKning zararlanishini 90 foizga kamaytirishi mumkinligini aniqladi”, — deydi Li.

Matcha choyi

Foto: Marie Claire

Yapon kukunli matcha choyi ham tasdiqlangan profilaktika hisoblanadi. “Angliyalik tadqiqotchilar matcha ko‘k choyi o‘simta hujayralari yo‘llari to‘sib, ko‘krak saratoniga qarshi kurashishda yordam berishini isbotladi. Natijada ular rivojlana olmaydi”, — deydi shifokor.