Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Turk kinosi yulduzi Burak O‘zchivit dam olish kunini o‘g‘li Karan bilan o‘tkazdi.

Foto: Instagram

Xonanda Lola bir yarim yoshli qizi Aisha bilan qanday vaqt o‘tkazishi aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Durdona Qurbonova hali san’atdan ketgunicha yo‘q. “U kun qachon kelishini Alloh biladi”, — deydi aktrisa ushbu mavzudagi savolga javob berar ekan.

Foto: Instagram

Bir necha kundan buyon AQSHda bo‘lib turgan Yulduz Usmonova O‘zbekistonni sog‘inganini aytdi.

Bollivud yulduzi Aliya Bhatt turmush o‘rtog‘i, aktyor Ranbir Kapur bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Ozoda Nursaidova konsertiga mehmon sifatida tashrif buyurgan xonanda Umidaxon “Go‘zal kechalarda” qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etib berdi.

Taniqli teleboshlovchi Dildora Rustamova onasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Xonanda Malika Ravshanova ilk marta kuzatuvchilariga xonadonidagi katta maydonni egallagan hamda qimmatbaho liboslardan iborat garderobini namoyish etdi.

Aktrisa Bahora Arslonova ikkinchi marta ona bo‘ldi. Bahora 14-may kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

Foto: Instagram

Alisher Uzoqov Shveysariyaning Syurix shahridan muxlislariga salom yo‘lladi.

Zarina Nizomiddinova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Yigitali Mamajonov kuzatuvchilariga kasbining mashaqqatli tomonlari haqida so‘zlab berdi. Aktyor Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan syomka jarayonida jarohatlanganini ham ma’lum qildi.

Aktyor Bobur Yo‘ldoshev otasi Bahodir Yo‘ldoshevning vafot etgan sanasi munosabati bilan u bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Mirzabek Xolmedovning Instagram sahifasiga 60 yoshlik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram dasturidan parcha joylashtirildi. Unda dublyaj ustalarining Mirzabek Xolmedovga sovg‘asi aks etgan. Dublyaj aktyorlari videoda jahon kinosi yulduzlarining so‘z ustasi haqidagi fikrlarini “so‘zlab beradi”. Xususan, Gollivud yulduzi Anjelina Joli Mirzabek Xolmedov bilan “Ko‘zlarim yo‘limda” filmida rol ijro eta olmagani uning eng katta armoni ekanligini aytadi.

Yorqinxo‘ja Umarov yangi qo‘shig‘iga suratga olinayotgan klipda o‘zgacha obrazda ko‘rinish beradi.