Hujumchi Luis Suares va yarim himoyachi Ektor Errera mavsum yakunida “Atletiko”ni tark etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Madridliklar “Sevilya”ga qarshi o‘yindan so‘ng muxlislardan “Vanda Metropolitano”ni tark etishga shoshilmaslikni so‘radi. Uchrashuvdan keyin “Atletiko” bu ikki futbolchiga minnatdorchilik bildirmoqchi.

Errera “Atletiko” safida 2019/20-yilgi mavsumdan beri to‘p suradi, Suares esa 2020-yilning yozida kelgandi. Har ikki futbolchi jamoani erkin agent maqomida tark etadi.

Avvalroq 35 yoshli urugvaylik futbolchi faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishi xabar qilingandi.