Sut juda injiq mahsulot bo‘lib, u ratsiondagi barcha mahsulotlar bilan ham mos kelavermaydi. Marie Claire nashri qanday mahsulotlar bilan birga sut ichish mumkinmasligini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Qahva

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oqsil ta’sirida kofeinning ta’siri neytrallashadi. Biroz tetiklikni his qilishni istaganlar uchun ushbu ichimlikni sof holda ichgani yaxshiroqdir. Aks holda, ta’sir teskari bo‘ladi va oshqozon ichimlikning so‘rilishiga ko‘p qo‘shimcha energiya sarflaydi.

Choy

Ko‘pchilik mashhur ingliz an’analarini aks ettirgan holda ko‘k choyga sut qo‘shishni yaxshi ko‘radi. Biroq bunday kombinatsiyada choyning antioksidant funksiyasi sut ta’sirida kamayadi va organizm bundan kamroq foyda oladi.

Dengiz mahsulotlari

Turli xil hayvonlarning ikkita mahsuloti bir-biri bilan yaxshi aralashmaydi. Zamonaviy ilmiy tilda, ikki xil turdagi oqsillar oshqozonda uchrashganda, ziddiyat yuzaga keladi — ularning dozasi oshib ketadi. Organizmning oshqozon-ichak trakti va buyraklarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday yukni yengishi qiyin.

Sabzavotlar

Bodring sut bilan oshqozonda noqulaylik tug‘diradi. Ulardan keyin pomidor, qovoqcha, brokkoli va sabzi turadi. Bu mahsulotlarning barchasi har qanday shaklda alohida-alohida iste’mol qilinishi kerak, ammo sut bilan birlashganda ular hazmsizlik xavfini oshiradi.

Go‘sht

Xuddi yuqorida keltirilgan turli oqsillar kabi oshqozon uni to‘g‘ri qabul qilmaydi. Qaymoq va sutni smetana bilan almashtirishga harakat qilish tavisya etiladi. Ta’mi biroz o‘zgaradi, ammo organizmda sut bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lmaydi.