AQSH mudofaa vazirligining matbuot kotibi Jon Kirbi mamlakatning Finlyandiya hamda Shvetsiya NATOga qabul qilinishidan avval hujumga uchrasa ularga va Yevropa shimolidagi boshqa davlatlarga ko‘mak berilishini ma’lum qildi. Kirbi Finlyandiya va Shvetsiya qurolli kuchlari ayni vaqtda bunday yordamga muhtoj emasligini qayd etgan.

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi

Foto: AP Photo

“Finlyandiya va Shvetsiya eng zamonaviy qurolli kuchlarga ega, ular bilan bu borada hamkorlik qilishda muammolar kuzatilmaydi. Biz doimiy ravishda qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazamiz. Bordiyu mazkur ikki mamlakatning NATOga topshirgan so‘rovi ko‘rib chiqilish jarayoni vaqtida ularga qo‘shimcha imkoniyatlar yoxud ko‘mak kerak bo‘lib qolsa, AQSH ikkala davlatga ham qo‘shimcha ko‘mak berishga tayyor”,— deya bayonot bilan chiqish qilgan AQSH mudofaa vazirligi vakili BBC telekanalining efirida.

U Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish ikkala davlatning ham ichki siyosati ekanligi va hech bir mamlakat mazkur masala yuzasida taqiq qo‘ya olmasligini ta’kidlagan. Kirbi AQSHning Rossiya rasmiylarining NATO shimolga tomon kengayayotgani haqidagi bayonotlaridan xavotirdaligini bildirgan.

May boshida Skandinaviyadagi OAVlar Shvetsiya va Finlyandiyaning yaqin vaqt ichida NATOga qo‘shilish uchun so‘rov yuborishi haqida xabar bergan. 15-may kuni Finlyandiya alyans a’zoligiga qo‘shilish uchun rasmiy so‘rov yubordi.

Avval Shimoliy Yevropa mamlakatlari assotsiatsiyasi va NATO Rossiya hukumati vakili, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Grushko tomonidan qoralangan, u alyansga qo‘shilishni Rossiyaga nisbatan “siyosiy reaksiya” deb atagan.