Og‘irlikni o‘lchash — vazn yo‘qotishning eng hayajonli bosqichlaridan biri. Hamma ham ortiqcha kilolardan imkon qadar tezroq qutulishni xohlaydi. Shu sababli ko‘plab xonimlar kuniga bir necha marta taroziga chiqib, aniq natijani ko‘rishni orzu qilishi ajablanarli emas. Biroq tarozidan to‘g‘ri foydalanish qobiliyati butun bir san’atdir, chunki vaznni bilishdan oldin bir qancha omillarni hisobga olish kerak. Wday nashri vazn kamaytirishga kirishgan ayollarga taroziga chiqishdan oldin e’tibor qaratish kerak bo‘lgan 7 bosqich haqida ma’lumot berdi.

Foto: Wday

Mashqdan keyin vaznni o‘lchash

Sizningcha, mashg‘ulotdan so‘ng darhol tarozi ideal raqamni ko‘rsatadimi? Albatta, darhol natijani ko‘rishni xohlaysiz, lekin mashg‘ulotdan keyin bu holat faqat ranjitishi mumkin.

Agar endigina sport bilan shug‘ullanishni boshlagan bo‘lsangiz yoki uzoq tanaffusdan keyin qaytib kelgan bo‘lsangiz, mushaklar qo‘shimcha massaga ega bo‘ladi. Buning natijasida qisqa muddatli yallig‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Tashvishlanadigan hech narsa yo‘q. Yagona salbiy ta’sir organizmda suvni ushlab turishdir.

Tuzli mahsulotlar iste’molidan so‘ng

Agar kechasi juda ko‘p sho‘r mahsulotlar iste’mol qilsangiz yoki ularni afzal ko‘rsangiz, bu vaznga ta’sir qiladi. Tuzli taom suyuqlikni ushlab turadi. Tuz shish paydo bo‘lishiga olib keladi, shuning uchun bir necha kun kutish tavsiya etiladi. Vazn kamaytirish uchun esa, albatta, tuzli mahsulotlardan voz kechish kerak.

Ko‘p suv ichilgach

Parhez qilishda eng yaxshi maslahatlardan biri ko‘proq suv ichishdir. Kuniga ikki litrdan kam bo‘lmagan suvni ichib, vazn kamaytirishga kirishishadi. Agar ilgari juda ko‘p suyuqlik iste’mol qilmagan bo‘lsangiz, orgnizm bunga moslashishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Ungacha, tarozidagi raqam yuqori bo‘lishi mumkin. Agar gazlangan va boshqa shakarli ichimliklar o‘rnini bossa, ichimlik suvi vazn yo‘qotishingizga yordam beradi. Faqat organizmni o‘zgarishlarga moslashiga imkon berish lozim.

Hazmi qiyin taomlar

Og‘ir ovqatdan so‘ng darhol vaznni o‘lchash ma’nosizdir. Esingizda bo‘lsin: ovqat hazm qilish uchun sakkiz soatgacha vaqt ketadi va jarayon tugaguniga qadar qo‘shimcha kilolar qoladi. Bundan tashqari, natriy va shakar suyuqlikni ushlab turish bilan bir qatorda shishiradi, shuning uchun bunday hollarda bir kunlik tanaffus qilish yaxshiroqdir. Taroziga har soatda chiqishning o‘rniga, suv ichish va sayr qilish tavsiya etiladi.

Mushaklar ustida ishlash

Muntazam jismoniy mashqlar — bu vazn yo‘qotishning tasdiqlangan usuli, ammo bu shkaladagi raqam xohishga mos kelishiga kafolat bermaydi. Hammasi mashg‘ulot turiga bog‘liq. Mushak massasini qurishga harakat qilayotgan holatlar mavjud, ammo vazn pasayishda davom etmoqda. Tanadagi yog‘lar erishi mumkin, ammo mushaklar yog‘ga qaraganda kamroq joy egallaydi. Shuning uchun bel qisqarishi mumkin va shkaladagi raqam avvalgidek ko‘rsatkichda turaveradi.

Ertalabki vazn

Ko‘pchilik ertalabki vaznni eng to‘g‘ri deb biladi, shuning uchun uyqudan turiboq darhol taroziga tushishadi. Ammo bu to‘g‘ri emas, chunki hali hazm qilish jarayoni boshlanmagan. Bir stakan suv ichib, tanaga uyg‘onish uchun vaqt berish kerak, sayr qiling va shundan keyingina vaznni bilib olish mumkin.

Og‘irlikni yo‘qotish paytida maqsadlar qo‘yish juda muhim, ammo realistik bo‘lishni unutmang. Vazn yo‘qotish uchun siz sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerak: yaxshi uxlash, to‘g‘ri ovqatlanish va ko‘p harakat qilish.