2022-yilning 15-may kuni Las-Vegasda Billboard Music Award-2022 mukofotining topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim an’anaga ko‘ra musiqa sanoatining eng nufuzli yulduzlarini birlashtirdi. Aytgancha, nominatsiyalar soni bo‘yicha Dreyk va Oliviya Rodrigo yetakchilik qildi, deb yozadi People Talk.

Foto: Jalurmedia

Tadbirda reper Dreyk 4 ta, Oliviya Rodrigo esa 2 nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, g‘oliblar qatoridan BTS, Teylor Svift va Megan Thee Stallion ham joy olgan. Billboard Music Award-2022 g‘oliblari deya e’tirof etilgan musiqachilar ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin:

“Eng yaxshi xonanda” — Dreyk;

“Eng yaxshi yangi xonanda” — Oliviya Rodrigo;

“Eng yaxshi erkak ijrochi” — Dreyk;

“Eng yaxshi ayol ijrochi” — Oliviya Rodrigo;

“Hot 100 eng yaxshi qo‘shig‘i” — The Kid LAROI & Justin Biber, Stay;

“Eng yaxshi guruh” — BTS;

“Billboard 200 eng yaxshi xonandasi” — Teylor Svift;

“Eng yaxshi reper” — Dreyk;

“Eng yaxshi erkak rep ijrochi” — Dreyk;

“Eng yaxshi ayol rep ijrochi” — Megan Thee Stallion;

“Eng yaxshi rep qo‘shig‘i” — Lil Nas X ft. Jek Xarlou, Industry Bab;

“Eng yaxshi R&B xonanda” — Doja Cat;

“Eng yaxshi R&B erkak ijrochi” — The Weeknd;

“Eng yaxshi R&B ayol ijrochi” — Doja Cat;

“Eng yaxshi R&B qo‘shig‘i” — Silk Sonic (Bruno Mars, Anderson Paak), Leave the Door Open;

“Eng yaxshi rok xonanda” — Glass Animals;

“Eng yaxshi rok qo‘shig‘i” — Maneskin, Beggin.