Iroqning ko‘plab tumanlarida avjiga chiqqan kuchli qum bo‘roni tufayli nafas qisish va bo‘g‘ilish belgilari bilan to‘rt mingdan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar beradi Anadolu agentligi. O‘lim holatlari qayd etilganicha yo‘q.

Foto: DPA/“TASS”

17-may kuni ertalab Iroq osmonida yana kuchli chang-to‘zon boshlandi. Bag‘dod, Najaf va Sulaymoniya xalqaro aeroportlariga parvozlar vaqtinchalik to‘xtatilgan. Bag‘dod aeroportida ko‘rinish darajasi 300 metrgacha kamayib ketgan (kamida 800 metr bo‘lishi kerak). Shuningdek, dengiz bandargohlari ham yopilgan.

Foto: Anadolu Agency

Iroq sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantirishicha, havoda PM 2,5 zarralari (2,5 kilometrgacha bo‘lgan mayda dispers chang zarrachalari) konsentratsiyasi sezilarli darajada oshib ketgan. Bu salomatlikka bevosita zarar yetkazishi tufayli, aholidan o‘ta zarur hollardagina uydan chiqish,  niqob va respiratorlardan foydalanish, o‘zi bilan zarur dorilar va ingalyatorlar olib yurish so‘raldi.

Foto: Anadolu Agency

16-may, dushanba kuni Iroqning yettita viloyatida, shu jumladan, poytaxt hududida ham davlat muassasalari uchun dam olish kuni deb e’lon qilindi. Oliy va boshlang‘ich ta’lim muassasalaridagi imtihonlar bekor qilindi.

Foto: Anadolu Agency

Qum bo‘ronlari Iroqda apreldan buyon tez-tez yuz berib kelmoqda.

Foto: Anadolu Agency

Tabiiy ofat qo‘shni Kuvaytda ham muhim transport tugunlarida harakatni to‘xtatib qo‘ydi. U yerda vaziyatni shiddatli shamol murakkablashtirdi.

Foto: Anadolu Agency

Foto: Anadolu Agency

Foto: Anadolu Agency

Foto: Anadolu Agency