Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Shahzoda Muhammedova qizi Milananing tili inglizcha chiqayotgani haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi.

Hosila Rahimova farzandlari bilan Zominda hordiq chiqarmoqda.

Foto:Instagram

Botir Qodirov shou-biznesdagi yaqinlari uchun o‘z qo‘llari bilan osh damlab berdi.

Alixan Istanbulda “Mendirman Jaloliddin” syomka jarayonidan foto bilan bo‘lishdi.

Foto:Instagram

Ozoda Nursaidova konsertiga tashrif buyurgan imkoniyati cheklangan muxlisasi bilan suhbati aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Turkiyalik taniqli aktrisa Maryam Uzerli Kann kinofestivalida ishtirok etmoqda.

Foto:Instagram

O‘zbekistonlik taniqli Insta-blogerlar Ozod Xurramov, Xusnora Shodiyeva hamda Ruxsora ham Kann kinofestivalida ishtirok etish uchun Fransiyaga jo‘nab ketdi.

Foto:Instagram

Bollivud yulduzi Katrina Kaif turmush o‘rtog‘i Vikki Kaushalning tug‘ilgan kunini qanday nishonlaganini muxlislariga ko‘rsatdi.

Sevara Nazarxon Toshkentdagi xonadonida o‘tkazgan yangi fotosessiyasi bilan bo‘lishdi.

Foto:Instagram

Yulduz Usmonova AQSHda konsert o‘tkazib, Toshkentga qaytib keldi.

Hind aktrisasi Priyanka Chopra syomka jarayonidagi, grimdagi ko‘rinishi aks etgan suratni sahifasiga joyladi.

Foto:Instagram

Ikkinchi marta onalik baxtiga sazovor bo‘lgan aktrisa Bahora Arslonova chaqalog‘i bilan tug‘uruqxonadan chiqdi. U o‘g‘liga Xalid deb ism qo‘ygan.

“Bravo” kulgi jamoasi a’zosiga aylangan Nargiza Salmonova Qirg‘izistonning O‘sh shahridan ko‘rinish berdi.

Foto:Instagram

Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarov bilan Moskvada yana uchrashdi hamda oralaridagi tushunmovchiliklar haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi. Maryamning aytishicha, ziragini aynan Amiran o‘g‘irlagani haqida yetarlicha dalilga ega emasligi uchun, uni o‘zi yo‘qotgan bo‘lishi mumkin.

Alisher Uzoqov Fransiyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqib, O‘zbekistondan butunlay ketmagani haqida so‘zlab berdi.